Pekin-2022: Olimpiadaning uchinchi kunidan so‘ng skandinavlar peshqadam
Bugun, 6-fevral, Pekin Qishki olimpadasining uchinchi kunidan so‘ng, musobaqalarga kelgan 91 mamlakatdan 18 tasi medalli bo‘ldi.
Kutilganidek, norvegiyaliklar dastlabki kunlardanoq peshqadam bo‘lib olishdi: ikkita — oltin, bitta — bronza medal.
Hozircha Olimpiada jadvalida norveglarni «azaliy qo‘shnisi» Shvetsiya ta’qib qilyapti: ikkita oltin medal.
Rossiya olimpiya qo‘mitasi jamoasi hozircha eng ko‘p medalni qo‘lga kiritdi: bitta — oltin, ikkitadan kumush va bronza medallar.
Top-10dagi barcha jamoa hisobida bittadan oltin medal bor: Germaniya, Niderlandiya, Avstraliya, Yaponiya, Sloveniya, Xitoy va Yangi Zelandiya.
Medalli jamoalar (keyingi o‘rinlar): Avstriya, Italiya, AQSh, Kanada, Fransiya, Finlyandiya, Vengriya, Polsha.
Top-10
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter