Pentagon Hormuz bo‘g‘oziga 2 ta desant kemasi jo‘natilganini e’lon qildi
Eronning Hormuz bo‘g‘ozida neft tankerlarini qo‘lga olishga urinishlari ortidan AQSh Yaqin Sharqqa ikkita harbiy desant kemasini jo‘natadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eronning hududlarda savdo kemalarini egallab olishga urinishlari fonida, AQSh mudofaa vaziri Loyd Ostin dengiz piyodalarining ekspeditsiya kuchlari bo‘lgan amfibiya hujum guruhini mintaqaga yuborishga buyruq bergan.
Pentagon veb-saytidagi bayonotda aytilishicha, «Bataan» desant kemasi va «Carter Hall» desant kemasi bilan Hormuz bo‘g‘oziga qo‘shimcha kuchlar yuboriladi. Ushbu kemalar tarkibida Tomas Xander esminetsi hamda F-35 va F-16 qiruvchi samolyotlari bor.
Avvalroq, AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller Yaqin Sharqqa qo‘shimcha kuchlarni yuborish Eron bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishni anglatmasligini ta’kidlagan edi.
Eron mudofaa vazirligi Hurmuz bo‘g‘ozida ikkita neft tankerini qo‘lga olishga urinishlarni va Ummon qirg‘oqlari yaqinidagi xalqaro suvlarda kemalarni o‘qqa tutganini rad etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter