Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon nega razvedka rahbarini iste’foga chiqardi?

Pentagon nega razvedka rahbarini iste’foga chiqardi?

Jeffri Kruz.

Foto: RFI

AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagon harbiy razvedka boshqarmasi rahbari, general-leytenant Jeffri Kruz hamda ikki yuqori mansabli harbiyni lavozimidan chetlatdi.

Iste’folar sababi aytilmagan, ammo Amerika matbuoti yozishicha, ishdan bo‘shatishlar harbiy razvedka AQShning Eronga zarbalari oqibatlariga bag‘ishlab tayyorlagan hisobot bilan bog‘liq.

Ma’lumki, iyun oxirlarida Amerika-Isroil harbiy operatsiyasi o‘tkazilib, Eronning yadroviy obyektlariga bombalar yog‘dirildi. Pentagon razvedkasi Amerika zarbalari Eron yadroviy dasturini bir necha oyga ortga surgani haqida hisobot e’lon qildi.

Bunday baholash Donald Trampni g‘azablantirgan, u avvalroq operatsiyani «buyuk harbiy muvaffaqiyat» deb ta’riflab, uchta obyekt «batamom yo‘q qilingani» va «terrorizmning bosh homiysi» tomonidan yadroviy tahdid bartaraf etilganini aytgandi.

Reuters agentligi anonim manbaga asoslanib xabar berishicha, Hegset, shuningdek, AQSh harbiy-dengiz kuchlari zaxiradagi boshlig‘i hamda harbiy-dengiz kuchlari maxsus amaliyotlar qo‘mondonligi rahbarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida buyruq bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring