Peruda 5 ming yillik qabr topildi

Peru sohillari yaqinida arxeologlar taxminan 5 ming yillik tarixga ega ayol qabrini topishdi. Topilma ko‘hna Karal madaniyatiga taalluqli bo‘lishi mumkin, deb yozdi Reuters.
Ushbu qabr ayollar jamoada muhim o‘rin tutganidan dalolat beradi, deyishmoqda olimlar. Jasad qoldiqlari ko‘k va jigarrang patlardan yasalgan yopinchiq bilan o‘ralgan, qabr atrofida ehson savatlari, vazalar, qovoq va tukan (qush) tumshug‘i topilgan.
Ayol 20–35 yoshlar oralig‘ida vafot etgani taxmin qilinmoqda. «Ayol yuqori maqomga ega bo‘lgani ko‘rinib turibdi, jasadi o‘ralgan, terisi, soch va tirnoqlari yaxshi saqlangan», — dedi arxeolog David Palomino.
Topilmaning aniq yoshi noma’lum. Karal madaniyati esa milodgacha 3000 yillar avval mavjud bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: Karal — Peru poytaxti Limadan 180 km olisda joylashgan qadimiy aholi maskani vayronalari. Bu hududni Amerika tarixidagi eng qadimigi shahar deb hisoblashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter