Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlashning yangi usuli paydo bo‘ldi

Plastik kartalardan pul o‘g‘irlashning yangi usuli paydo bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar IIBB o‘zgalarning plastik kartalaridan pul mablag‘larini o‘zlashtirishning yangi firibgarlik yo‘llari haqida murojaatlar ko‘payib borayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, noma’lum shaxslar o‘zlari tanlagan ma’lum bir guruh a’zolariga guruh ma’murlari nomidan tasodifiy tarzda aniqlanadigan «aksiya»da g‘olib bo‘lgani haqida xabar yubormoqda. Shundan so‘ng ular pul mukofotini g‘olib bo‘lgan foydalanuvchining plastik kartasiga o‘tkazishga tayyor ekanliklariga ishontirib, buning uchun havolaga amal qilishni so‘rayapti.

Bunday havolalar esa O‘zbekistondagi ma’lum bo‘lgan to‘lov tizimlarining saytlariga olib boruvchi havolalarga o‘xshashligi sababli ko‘pchilik fuqarolarning e’tiborsizligi va yanglishib qolishi oqibatida salbiy holatlarga olib kelmoqda.

Poytaxt IIBB internetdan foydalanuvchilarni hushyor hamda e’tiborli bo‘lishga, turli xil lotereyalardagi «tasodifiy» yutuqlarga ishonmaslikka, shubhali havolalarga kirmaslikka va o‘zlarini plastik kartalarining ma’lumotlarini kiritmaslikka chaqirgan.

«Ayniqsa, kartangizning amal qilish muddatini ko‘rsatish va SMS orqali kelgan tasdiqlash kodini yuborish haqidagi so‘rov shubha uyg‘otish uchun asos bo‘ladi. Agar hozirda plastik kartangizda pul mablag‘lari bo‘lmasa ham maxfiy ma’lumotlarni kiritish, firibgarlar uchun kelajakda kartangizdan g‘araz niyatlarda foydalanib, hisobingizdagi barcha pullaringizni yechib olish imkonini beradi», — deyiladi murojaatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring