Pokiston xavfsizlik kuchlari 50 nafar jangarini yo‘q qildi

Pokiston xavfsizlik kuchlari Afg‘oniston bilan chegaradosh janubi-g‘arbiy Balujiston viloyatida “Tehrik-al-Tolibon Pokiston” guruhining 50 nafar jangarisini yo‘q qildi.
Bu haqda Arab News gazetasi Pokiston qurolli kuchlari jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, 7-9 avgust kunlari xavfsizlik kuchlari Sambaz hududida 47 nafar jangarini yo‘q qilgan, 10 avgustga o‘tar kechasi esa Pokiston-Afg‘oniston chegarasida tozalash operatsiyasi o‘tkazilgan, uning davomida yana uch nafar jangari yo‘q qilingan.
"Qurol, o‘q-dorilar va portlovchi moddalar qo‘lga olindi. Xavfsizlik kuchlari milliy chegaralar xavfsizligini ta’minlash va Pokiston tinchligi, barqarorligi va taraqqiyotiga putur yetkazish urinishlariga to‘sqinlik qilish majburiyatini saqlab qolishda davom etadi", — deb yozadi gazeta rasmiylarga asoslanib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter