Poliz ekinlari yetishtirish bo‘yicha yetakchi viloyat ma’lum qilindi
Poliz ekinlari yetishtirishda qaysi hudud yetakchi ekani ma’lum bo‘ldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2,1 mln tonna poliz yetishtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan poliz hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 157 512 tonna
Andijon viloyati – 141 375 tonna
Buxoro viloyati – 150 866 tonna
Jizzax viloyati – 280 230 tonna
Qashqadaryo viloyati – 265 186 tonna
Navoiy viloyati – 73 340 tonna
Namangan viloyati – 99 462 tonna
Samarqand viloyati – 112 910 tonna
Surxondaryo viloyati – 262 018 tonna
Sirdaryo viloyati – 276 475 tonna
Toshkent viloyati – 60 288 tonna
Farg‘ona viloyati – 126 551 tonna
Xorazm viloyati – 127 537 tonna.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter