Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop-Namangan yo‘li qay tartibda kengaytirilishi ochiqlandi

Pop-Namangan yo‘li qay tartibda kengaytirilishi ochiqlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni Pop tumani va Namangan o‘rtasidagi avtomobil yo‘lini kengaytirish loyihasi bilan tanishgandi. Loyiha tafsilotlari haqida «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Taqdimotda davlat rahbari viloyatning relefini hisobga olib, transport harakati qulayligi va xavfsizligini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratish zarurligini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev telekanalga bergan intervyusida 70 km uzunlikdagi Pungan-Namangan yo‘li kengaytirilishini aytgan.

«Bu yo‘l 1961−1969 yillarda qurilgan. Ikki yo‘lakdan iborat bo‘lib, kengligi 10−12 m. Bugungi kunda u o‘tkazuvchanlik talablariga to‘liq javob bermaydi. Shu munosabat bilan, prezident rekonstruksiya masalasini ko‘rib chiqib, bizga yo‘nalishlarni ko‘rsatdi. Hozir loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqyapmiz. Yangi yo‘lning asosiy qismi 4 polosali, qishloqlar va viloyat markazlari orqali o‘tadigan joylarda esa 6 polosali bo‘ladi», degan u.

Rekonstruksiya ishlari doirasida «Pop-Namangan» yo‘lida 11 ta yer osti yo‘laklari va yana 11 ta chorraha qurish rejalashtirilgan. Shu tufayli endi piyodalar yo‘lni kesib o‘tishlari shart bo‘lmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bugungi kunda o‘rtacha tezlik 40−60 km/soat bo‘lsa, rekonstruksiyadan so‘ng u 90−100 km/soatgacha ko‘tariladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring