Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pora evaziga kredit: Andijon va Toshkentda uch kishi qo‘lga olindi

Pora evaziga kredit: Andijon va Toshkentda uch kishi qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Andijon va Toshkent viloyatlarida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar M.T. va X.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki hududiy tijorat banki Andijon filialida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Ohangaron tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. fuqaro N.A.ning ishonchiga kirib, unga Olmaliq shahridagi tijorat banklarining biridan 150 mln so‘m imtiyozli kredit olib berishi evaziga 1 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring