JCh-2022. Portugaliya gollar shousini uyushtirdi. Hujumda yangi yulduz porlamoqda
Jahon chempionatida 1/8 final bahslari yakunlaniga yetdi. So‘nggi o‘yinda Portugaliya Shveysariyaga qarshi bahs olib bordi.
Murabbiy Ronalduni asosiy tarkibga qo‘shmadi, uning o‘rniga asosiy tarkibda maydonga tushgan 21 yoshli hujumchi Gonsalu Ramush esa het-trikka erishdi va ushbu mundialda bir o‘yinda uchta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Portugaliya — Shveysariya 6:1
Gollar: Ramush (17, 51, 67), Pepe (33), Gerreyru (55), Leau (90+2) — Akanji (58).
Portugaliya – Koshta, Dalot, Pepe, Diash, Gerreyru, Karvalyu, Otavio (Vitinya, 74), Silva (Nevesh, 81), Fernandesh (Leau, 87), Felish (Ronaldu, 73), Ramush (Orta, 74).
Shveysariya – Zommer, Rodriges, Sher (Jemert, 46), Akanji, Fernandesh, Vargas (Okafor, 66), Jaka, Froyler (Zakariyo, 54), Sou (Seferovich, 54), Shakiri, Embolo (Yashari, 89).
Ogohlantirishlar: Sher (43), Jemert (59).
Endi chorakfinalda quyidadagi juftliklar o‘yinlariga guvoh bo‘lamiz:
9 dekabr
20:00. Braziliya — Xorvatiya
00:00. Niderlandiya — Argentina
10 dekabr
20:00. Marokash — Portugaliya
00:00. Fransiya — Angliya
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter