Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt ko‘chalarida bir kunda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Poytaxt ko‘chalarida bir kunda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 27-may kuni Toshkent shahri ko‘chalarida sodir bo‘lgan YTHlar oqibatida ikki kishi olamdan o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Soat 14:55 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida ikkita transport vositasi ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 1968-y.t. Zokirjon P. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomobil va 1973-y.t. Xamidulla F. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobusi to‘qnashuv oqibatida yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Hozirda YTH sabablari aniqlanmoqda.

27 may kuni taxminan soat 21:30 larda Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida Muxiddin Sh. «Matiz» rusumli avtomobilni boshqarib ketayotganida piyodani urib yuborgan.

Natijada Namangan viloyatida 1979 yilda tug‘ilgan Ya.L. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan piyoda vafot etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring