Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda uchta tuman aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Poytaxtda uchta tuman aholisi vaqtincha gazsiz qoladi

Foto: Xabar.uz

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» ma’lum qildi.

Qayd etilishcha:

— Mirzo Ulug‘bek tumanida 2021 yil 11 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Ustabayeva, Turon, Jasorat, Sho‘rtepa ko‘chalaridagi 425 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida;

— Yakkasaroy tumani 2021 yil 11 noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Bog‘ibo‘ston, 2-berk S. Nasafiy, Hushtepa, Yakkasaroy, ko‘chalaridagi 208 ta yerli, U. Nosir ko‘chasidagi 30 ta ko‘p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 25 ta ulgurji iste’molchilari;

— Yashnobod tumani 2021 yil 11 noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Maxtumquli ko‘chasidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1008 ta xonadonlarda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring