Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bog‘chada «oq-qorani» o‘rgatgan profilaktika inspektorlari haqida gapirdi

Prezident bog‘chada «oq-qorani» o‘rgatgan profilaktika inspektorlari haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etilmasa jinoyat yo‘liga kirish ehtimoli yuqori aholi qatlami bilan yangicha ishlash tizimi joriy qilingan edi.

Unga ko‘ra, bunday toifaga kiruvchi aholi «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida «mahalla beshligi»ga nomma-nom biriktirilgan.

Lekin, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bu masalaning ichiga chuqur kirmagan, «mahalla beshligi» uchun na bir metodika, na bir qo‘llanma ishlab chiqqan.

Oqibatda ushbu yangi tizim 9 ming 400 ta mahalladan bor-yo‘g‘i 20 tasida ishlayapti.

«Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari esa bog‘chalarga borib, 3-4 yoshli bolakaylarga «oq-qorani farqlash» bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band.

Tizimda staji 3 yilgacha bo‘lgan, endi tajriba to‘playotgan profilaktika inspektorlarini kriminogen og‘ir mahallaga qo‘yish amaliyoti haligacha davom etmoqda.

Aksincha, «yaxshi» mahallalarda esa ko‘p yillik tajribasi bor xodimlar xizmat qilmoqda», - dedi Prezident.

Ichki ishlar vaziriga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish ishlari qoniqarsiz yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatib o‘tildi.

Avvalroq og‘ir jinoyatlar eng ko‘p sodir etilgan hududlar sanalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring