Prezident bugun Toshkent shahrini aylanadi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, poytaxt hokimligidagi vaziyatlarni boshqarish markazi imkoniyatlari bilan tanishadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, prezident mahalla faollari va hokim yordamchilari bilan mahallabay ishlashning yangi tizimiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazadi.
Kecha Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat mulki ob’yektlarini xususiylashtirish borasida yig‘ilish o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter