Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi

Prezident xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sh.Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

PDXX faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: qo‘riqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash, qo‘riqlanadigan ob’yektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish va boshqalar.

Qo‘riqlanadigan shaxslar doirasi:
- prezident va uning oila a’zolari, sobiq prezident va uning butun hayoti davrida oila a’zolari, prezident vazifalarini va vakolatlarini bajaruvchi shaxs;
- bitimlarga muvofiq chet davlatlarning, hukumatlarning, parlamentlarning, xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va boshqa shaxslar.

PDXX huquqiy maqomiga ko‘ra qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’yektlar xavfsizligini ta’minlaydigan, shuningdek qo‘riqlanadigan shaxslar va ob’yektlarning xavfsizligi masalalari bo‘yicha jalb qilingan davlat organlari va boshqa tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradigan, ularning hamkorligini hamda tezkor boshqaruvini amalga oshiradigan maxsus vakolatli davlat organidir. Bevosita prezidentga bo‘ysunadi va unga hisobdordir.

Qonunning qabul qilinishi PDXX faoliyatini tashkil etishning shaffof huquqiy bazasini yaratadi, shuningdek PDXX bilan o‘zaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring