Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi

Prezident: dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi

Bugun, 8 may kungi uchrashuvda davlat rahbari Konstitutsiyada O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekani belgilab qo‘yilayotgani va jamiyatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlab o‘tdi.

– Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy tanlovi ham shu! – dedi Prezident.

Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlanishi; barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi; mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

– Men Prezident sifatida ish boshlagan birinchi kundanoq «Biz xalqimizga xizmat qilgani kelganmiz», «Biz xalqni rozi qilishimiz kerak» degan gaplarni doim takrorlayman.

Islohotlarni boshlagan paytda o‘zimiz tasavvur ham qilmagan juda ko‘p muammo va sinovlarga duch keldik. Ularga el-yurtimiz bilan birgalikda yechim topib, har bir masalani joyida hal qilib borayapmiz.

Chunki, yangilangan Konstitutsiyamizning ma’no-mazmuni, bosh maqsadi ham xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir.

Bu maqsad yo‘lida qanchalik og‘ir bo‘lmasin, zarur mablag‘larni, kerak bo‘lsa, ortiqchasi bilan topib, barcha imkoniyatlarni ishga solayapmiz.

Xalqimizning o‘zi – eng adolatli hakam. Men aminman, bugun yurtimizdagi har bir inson «hayotimda ijobiy o‘zgarish bo‘lmoqda», deb ayta oladi, – deydi davlat rahbari. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring