Prezident: klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan
Yig‘ilishda 2024-yilgi paxta va g‘alla hosili uchun budjetdan 10 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli resurs ajratilgani aytib o‘tildi.
Qayd etilishicha, klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushirilgan. Lekin 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagan.
Bunga ayrim banklarning «resurs yo‘q, garov ta’minoti kerak», degan bahonalar bilan tayyor mablag‘ni bermayotgani sabab bo‘lmoqda.
«Sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar bor. Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan.
Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1-aprelgacha yopmagan klaster bilan fyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi», – dedi davlat rahbari.
Shuningdek, ma’lumotni elektron platformaga to‘liq kiritgan va fyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter