Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident mehnat ta’tilidan qaytdi

Prezident mehnat ta’tilidan qaytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi.

Joriy haftada davlatimiz rahbari huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hafta davomida Prezidentimiz davlat tashrifi bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hafta yakunida Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2024 yil 26 iyuldan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring