Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi

Prezident meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanidagi «Agromir» mas’uliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Qariyb 450 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan korxonada yiliga 60 ming tonna sharbat va nektar, deyarli 6 ming tonna konsentratlar ishlab chiqarish quvvatiga mavjud bo‘lib, bugungi kunda 42 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarish va qadoqlash sexlari Italiya hamda Shveysariya texnologiyalari bilan jihozlangan. O‘tgan yili 2,1 million dollar, joriy yilda 5,5 million dollarlik eksport qilingan.

Davlatimiz rahbari meva-sabzavotlarni qayta ishlash jarayonini, tayyor mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring