Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Mirziyoyev TDTning norasmiy sammitida qator takliflarni ilgari surdi

Prezident Mirziyoyev TDTning norasmiy sammitida qator takliflarni ilgari surdi

Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti kun tartibi eng dolzarb mintaqaviy va global masalalarni qamrab oldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev sammitda so‘zlagan nutqida bir qator takliflarni ilgari surdi.

Jumladan:

  • Toshkent shahrida Temir yo‘l ma’muriyatlari kengashi;
  • Nukus shahrida Turkiy ekologiya kengashi;
  • Inson kapitalini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Prezidenti G‘azo sektorida zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatish, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga, Afg‘oniston bo‘yicha umumiy va yakdil yondashuvlarini ishlab chiqishga chaqirdi, «Yashil energetika sari turkiy harakat» konsepsiyasini qabul qilish, aniq fanlar bo‘yicha Yoshlar turkiy olimpiadasi va Butunjahon turkshunoslar kongressini tashkil etish hamda ularni kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring