Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Prezident Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturi juda keng. Davlat rahbari bugunning o‘zida klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi. Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring