Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: sakkiz oydayoq 5 million kishining bandligi ta’minlandi

Prezident: sakkiz oydayoq 5 million kishining bandligi ta’minlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakatimiz davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Davlatimiz rahbari ko‘p millatli xalqimizni, xorijdagi vatandoshlarimizni Istiqlol bayrami bilan tabrikladi.

“Xalqimizning ko‘z o‘ngida minglab zamonaviy korxonalar, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma ob’yektlari qad rostlamoqda.

E’tibor bering, bu yil jami 35 milliard dollar investitsiya evaziga 9 mingga yaqin yangi korxona, xizmat ko‘rsatish majmualari barpo etiladi.

Eng ulug‘ bayramimiz arafasida 4 milliard dollarlik 79 ta yirik ob’yekt ishga tushirildi.

O‘tgan davrda birgina kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Bugun ushbu tarmoqda 10 milliondan ortiq aholimiz mehnat qilib, daromad topmoqda.

Biz yil boshida 5,5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha katta marra olgan edik. Sakkiz oydayoq 5 millionlik rejani uddaladik.

Eng muhimi, islohotlarimizga ishonib, shu yilning o‘zida chetda ishlayotgan 700 ming fuqaromiz yurtimizga, o‘z oilasi bag‘riga qaytdi”, – dedi Prezidentimiz.

So‘nggi yillarda tibbiyot uchun mablag‘lar 6 karra oshirildi, sifatli tibbiy xizmatlar mahallagacha tushirildi.

Odamlarimiz yuqori texnologik tibbiy xizmatlar uchun oldin faqat poytaxtga kelardi. Hozir bunday amaliyotlarning 400 dan ortig‘i viloyat va tumanlarning o‘zida bajarilmoqda.

Aholining turmush sharoitlari yaxshilanib borayotgani natijasida o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga uzaydi.

“Biz ta’lim-tarbiya uchun, aholi salomatligi uchun, muallim va shifokorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qancha kuch va mablag‘ kerak bo‘lsa, barchasini safarbar etamiz!”– dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring