Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Saudiya Arabistoniga borishi kutilyapti

Prezident Saudiya Arabistoniga borishi kutilyapti

29 aprel kuni Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlarni muhokama qilgan.

Shuningdek, uchrashuvda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi, O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining BMT, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

«Hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy aloqalar, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohasidagi almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi», deyiladi TIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring