Prezident tojikistonlik madaniyat xodimini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati «Nuri niyogon» shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyevni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlashga doir farmonni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, Sh.Nabiyev O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, azaliy do‘stlik, strategik sheriklik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish borasidagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati, maqom san’atini rivojlantirish va ommalashtirish, o‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosini dunyo hamjamiyati o‘rtasida targ‘ib etishdagi faol ishtiroki hamda mushtarak qadriyat va an’analarni asrab-avaylash hamda boyitish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun taqdirlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter