Prezident topshirig‘i bilan xorijda qolib ketgan o‘zbekistonliklar charter reyslarda olib kelinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan chet eldagi fuqarlarimizni charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, koronavirus pandemiyasi aniqlangan va tarqalagan hududlardan bugunga kunga kelib yuzlab yurtdoshlarimiz maxsus charter reylar orqali mamlakatimizga barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda olib kelindi. Ular respublika hududlarida tashkil etilgan to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan maxsus muassasalarga joylashtirildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda chet eldan olib kelingan o‘zbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanmoqda.
Chet eldagi fuqarolarimizni charter reyslar orqali olib kelish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan joniy yilning 24-27-mart kunlari har kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan 1 tadan jami 4 ta reys (RF mahalliy vaqti bo‘yicha soat 17:00da);
Turkiyaning Istanbul shahridan 24 hamda 27-mart kunlari 2 ta reys (Turkiyaning mahalliy vaqti bo‘yicha soat 23:00da) amalga oshiriladi.
Shunigdek, Koreyaning Seul shahridan 29-mart kuni charter reys (vaqti aniqlanmoqda) amalga oshiriladi.
Xuddi shu kabi kelgusi haftada ham Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiyaning Istanbul, BAAning Dubay shaharlaridan fuqarolarimizni yurtimizga charter reyslari orqali olib kelish ishlari davom etmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, samolyot ekipaji a’zolari ham xavfsizlik nuqtai nazaridan, koronavirus inkubatsiyasi davridan kelib chiqib, karantin ostida saqlanishini hamda maxsus komissiya tomonidan mazkur masalani imkon qadar qisqa muddat ichida bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini inobatga olgan holda, chet elda bo‘lib turgan fuqarolarimiz tomonidan sabrli bo‘lishlari so‘raladi.
Charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinadigan barcha fuqarolar maxsus komissiya talablariga muvofiq, maxsus tekshiruvlardan o‘tkaziladi va qat’iy ravishda respublikaning hududlarida karantin tadbirlari uchun tashkil etilgan sanatoriy va boshqa muassasalarda 14 kunlik karantinda nazoratda saqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter