Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Toshkent shahar hokimini qat’iy ogohlantirdi

Prezident Toshkent shahar hokimini qat’iy ogohlantirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallabay ishlashga oid yig‘ilishda Toshkent shahar hokimini qat’iy ogohlantirgan. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi, birinchi o‘rinbosari va soliq boshlig‘i qat’iy ogohlantirilgan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimlari 1-o‘rinbosarlari lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirilgan.

Shu bilan birga, tizimdagi oqsoqliklar qat’iy tanqid qilingan.

«Hali 40 foiz mahallada hokim yordamchilarining ishida natija ko‘ringani yo‘q. Misol uchun, 450 ta mahallada ishsizlik darajasi 20 foizdan yuqori. Bunday mahallalar soni Toshkent viloyatida – 59 ta, Farg‘onada – 52 ta, Andijonda – 45 tani tashkil etib, qolgan hududlardan ko‘p», degan prezident.

Shuningdek:

  • Oltinko‘l tumani, Zarafshon shahri hokimlari;
  • Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Kosonsoy, Nishon, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Shovot, To‘rtko‘l, Tomdi, To‘raqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Farg‘ona tumanlari, Navoiy, Kattaqo‘rg‘on shaharlari hokimlarining 1-o‘rinbosarlari;
  • Karmana, Forish tumanlari prokurorlari;
  • Yangiyer, Shahrisabz shaharlari, Forish tumani IIB boshliqlari;
  • Nurota, Muzrabot, Shahrisabz, Mirzacho‘l tumanlari soliq boshliqlari;
  • respublikadan 11 nafar vakil lavozimidan ozod etilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring