Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Toshkent viloyatining sobiq hokimi nima sababdan ishdan ketganini aytdi

Prezident Toshkent viloyatining sobiq hokimi nima sababdan ishdan ketganini aytdi

Arxiv foto.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatning sobiq hokimi Rustam Xolmatovning ishdan ketishi sabablariga to‘xtalib o‘tdi.

— Rustam Xolmatov yangi davr talablariga mos hokim bo‘la olmasligini o‘zi tan oldi va ishdan olishimizni so‘radi. «Biz paxta va g‘alla ichida yuravergan ekanmiz. Ammo hozirgi talab boshqacha bo‘lyapti, siz birinchi navbatda odamlarni rozi qilishni talab qilyapsiz. Ishimni uddalay olmas ekanman», — dedi Xolmatov va o‘z ixtiyori bilan ariza yozib, ishdan olishimizni so‘radi. Hozir unga boshqa vazifa berganmiz.

Xolmatov mardlik qilib ishdan ketdi. Ammo shu vaqtgacha boshqa biror tuman yoki shahar hokimi kelib, ishini uddalay olmayotganini tan olmadi. Boshqa hech kim ariza yozmadi.

Endi paxta va g‘alla deb yuradigan vaqtlar o‘tdi. Agar klasterlar ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olsak, hokimlar dalada yurishiga hojat qolmaydi. O‘z hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullansin, odamlarni rozi qilishni o‘ylasin.

Bir vaqtlar paxta ekmagan joyimiz faqat uylarning tomi qolgandi, — dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring