Prezident yangi qonunni imzoladi
Prezident tomonidan 30 «Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘RQ-865-son Qonun imzolandi.
Gidrotexnika inshootlariga quyidagilar kiradi:
- suv omborlari to‘g‘onlari;
- daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi to‘g‘onlar;
- daryolarning o‘zanlarini to‘suvchi inshootlar;
- suv olish, suv o‘tkazish, suv tashlash hamda qirg‘oqlarni himoya qilish inshootlari;
- gidroelektrostansiyalar;
- nasos stansiyalari.
Gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi. Ushbu bo‘linish:
- gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga;
- ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga;
- qurilishda ishlatiladigan materiallarga;
- foydalanish sharoitlariga qarab amalga oshiriladi.
Ushbu sohada maxsus vakolatli davlat organi — Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi. Boshqa vakolatlar bilan birga u daryolarning, soylarning o‘zanlarida, gidrotexnika inshootlariga tutash bo‘lgan yuqori va quyi hududlarda suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yoxud xo‘jalik faoliyati yoki boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatini yoxud boshqa faoliyatini, agar bu faoliyat gidrotexnika inshootlarining xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, taqiqlaydi, to‘xtatib turadi yoki cheklaydi.
Ma’lumot uchun: tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini taqiqlash, to‘xtatib turish yoki cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan ularning faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar, pandemiyalar, shuningdek aholining hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki uchun haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish zaruriyati munosabati bilan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoki cheklash hollari mustasno.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.12.2023 yilda kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter