Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlar Xorazm viloyatiga yetib borishdi

Prezidentlar Xorazm viloyatiga yetib borishdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Shavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi.

Foto: «President.uz»

Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va ko‘chalarga minglab odamlar chiqqan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «President.uz»

Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar o‘rin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi «Ulli hovli», Xiva shahridagi «Ichan qal’a» va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib ko‘rishi, Xorazm viloyati drama teatrida O‘zbekiston – Turkmaniston san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring