Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentni haqoratlagan o‘zbekistonlik Ozarbayjondan tutib keltirildi

Prezidentni haqoratlagan o‘zbekistonlik Ozarbayjondan tutib keltirildi

Ikki davlat Bosh prokuraturalarining jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi hamkorligi doirasida Ozarbayjon tomoni O‘zbekiston so‘roviga asosan 1982-yilda tug‘ilgan A.Yu.ni Vatanga ekstraditsiya qildi.

A.Yu. O‘zbekistonda Prezident sha’ni va qadr-qimmatini haqorat qilishda ayblanib, davlatlararo qidiruvga berilgan bo‘lgan. Yusupovning shaxsi aniqlanib, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonda ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tegishli Konvensiyaga muvofiq, ayblanuvchini ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilib, mamlakat Adliya vazirligining maxsus kolonnasi hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organiga topshirgan. 

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring