Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning bugungi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi

Prezidentning bugungi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Shuningdek, davlat rahbari onkogematologik yordam sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar, onalik va bolalik muhofazasini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Avval prezident raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring