Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning korteji o‘qqa tutildi — Gvatemala

Prezidentning korteji o‘qqa tutildi — Gvatemala

Gvatemala prezidenti Alexandro Jammatteining korteji mamlakat shimoli-g‘arbidagi Ueuetenango departamentida o‘qqa tutildi. Bu haqda Radio Sonora xabar bermoqda.

Prezident kortejiga qilingan hujum chog‘ida bir necha kishi, jumladan, Jammattei qo‘riqchilari tomonidan asirga olingan hujumchilardan biri jarohatlangan. Bu shaxs Meksika fuqarosi bo‘lib chiqqan.

Gvatemala rahbarining o‘zi hujum paytida jarohat olmagan. Radio Sonora ma’lumotlariga ko‘ra, qolgan hujumchilar shimolga Meksikaga qochib ketishgan - mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, qurollangan to‘rt nafar Gvatemala fuqarosi chegarani kesib o‘tayotganda qo‘lga olingan.

Ta’kidlash joizki, Jammattei yaqinda Ukrainaga rasmiy tashrif bilan kelib, Kiyev viloyatidagi harbiy harakatlar joylariga borgandi. Shuningdek, prezident Zelenskiy bilan ham uchrashuv o‘tkazgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring