Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning Qozog‘istonga safari nihoyasiga yetdi

Prezidentning Qozog‘istonga safari nihoyasiga yetdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi.

Bugun "Markaziy Osiyo - Italiya" sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Prezidentimiz mintaqa mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring