Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi.
“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:
uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
- Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;
- shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
- I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
- ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
- birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.
2025-yil 1-dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas