Prokuratura organlari Qashqadaryoda dollarfurushlarni qo‘lga olmoqda

Qashqadaryo viloyatida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tumani bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.O. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.A.ga 4 000 AQSh dollarini 52 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan jami 4 100 AQSh dollari va 32 800 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Kitob tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan J.J. fuqaro G.A.ga 4 000 AQSh dollarini 51,6 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter