Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura organlariga bugungi saylovga doir 6 ta murojaat kelib tushgan

Prokuratura organlariga bugungi saylovga doir 6 ta murojaat kelib tushgan

Prokuratura organlariga bugungi saylovga doir 6 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qonuniylikni ta’minlash, saylovga oid kelib tushgan murojaatlarni tezkor, xolis va qonuniy ko‘rib chiqilishini ta’minlash borasida prokuratura organlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan.

Bosh prokuraturada xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Markaziy saylov komissiyasi bilan muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Prokuratura organlariga bugunga qadar saylov masalasiga oid 6 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 2 tasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sayloviga, 4 tasi esa mahalliy Kengash deputatlari sayloviga oid.

«OAV va ijtimoiy tarmoqlarda saylovga oid e’lon qilingan xabar va ma’lumotlar ham kuzatib borildi va saylov qonunchiligi buzilmagani aniqlandi», – dedi Bosh prokuratura rasmiysi.

Shuningdek, brifingda fuqarolar saylov qonunchiligi buzilishi holatiga duch kelganda, prokuratura organlarining 10-07 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring