Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura uch joyda valyutafurushlarni qo‘lga oldi

Prokuratura uch joyda valyutafurushlarni qo‘lga oldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Furqat tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.V. fuqaro M.X.ga 4 000 AQSh dollarini 55,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.A. fuqaro Sh.S.ga 4 000 AQSh dollarini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.H. “Xo‘jaobod” MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro S.T.dan 3 800 AQSh dollarini 47,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring