Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

PSJ mashhur futbolchisi 15 yilga qamalishi mumkin

PSJ mashhur futbolchisi 15 yilga qamalishi mumkin

Mashhur futbolchi panjara ortida qolishi mumkin. PSJ hujumchisi Ashraf Hakimiy zo‘ravonlik sodir etganlikda ayblanmoqda. 

Avgust oyining dastlabki kunida prokuratura sudga Hakimiyni aybdor deb topish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi. Bu haqda Le Parisien o‘z sahifalarida xabar bermoqda.

Agar sud uni aybdor deb topsa, marokashlik sportchi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hakimiyning o‘zi ham jinoyatda aybini bir necha bor rad etgan. PSJ futbolchisi bu ayblovdan boshqalar g‘araz maqsadlarda foydalanilayotganiga ishonadi.

Umuman olganda, Ashraf Hakimi PSJ safida 175 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urgan va jamoadoshlari safida 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring