Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ikki gubernatorni bir vaqtda iste’foga chiqardi

Putin ikki gubernatorni bir vaqtda iste’foga chiqardi

Foto:«RIA Novosti»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Magadan viloyati gubernatori Vladimir Pechyoniyni iste’foga chiqardi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Gubernator o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash uchun ariza yozgan. Gubernator vazifasini vaqtincha bajaruvchi qilib Sergey Nosov tayinlangan. Bungacha u Nijniy Tagil shahri hokimi bo‘lgan.

Shuningdek, bugun yana bir amaldor o‘z istagi bilan ariza yozgan: u Yoqutiston gubernatori Yegor Borisovdir. Bu haqda u o‘zining akkauntida xabar bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar almashuvi istalgan mavqeda bo‘lishi mumkin ekan.

«Mamlakatni taraqqiy ettirish uchun butunlay yangicha strategik yo‘lni tutish kerak. Respublikaga yangi rahbarlar zarur», – deya yozgan Yegor Borisov.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya davlati faqat yoqutistonlik fuqarolarning manfaatini o‘ylabgina rahbarlarni o‘zgartiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring