Putin isyon vaqtida egallangan hududda yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Vladimir Putin Rostov-Dondagi maxsus operatsiyalar guruhi shtab-kvartirasida yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
«Prezident Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov, bo‘linmalar komandirlari, guruhning boshqa yuqori martabali ofitserlarining hisobotini tingladi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 24 iyun kuni Rostov-Dondagi maxsus operatsiyalar guruhi shtab-kvartirasini «Vagner» egallab olgandi. Xususan, kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojin isyon vaqtida ushbu shtab-kvartirada edi va u isyon tugaganidan keyin uni tark etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter