Putin koronavirusning kelib chiqishi borasida hazillashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi koronavirus infeksiyasining kelib chiqishi bilan bog‘liq keng tarqalgan taxmin borasida hazil qildi. 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Madaniyat bo‘yicha kengash yig‘ilishida sirklarni jonivorlar bilan ta’minlashni moliyalashtirish muhokama qilindi.
«Jonivorlarning, albatta, hech qanday aybi yo‘q. Ko‘rshapalaklarning ham hech nimada aybi yo‘qmi? Mayli, hazillashdim», — dedi Putin.
Avgust oyida «Rospotrebnadzor» Rossiyaning turli hududlarida yashayotgan ko‘rshapalaklarni koronavirusga tekshirayotgani ma’lum bo‘ldi. Loyiha infeksiya tarqalish yo‘li va epidemik xavf-xatar ehtimolini baholashga yordam beradi.
SARS-CoV-2 koronavirusi ilk bor 2019-yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. Amerika hukumati Pekinni virusni butun dunyoga tarqatib yuborganlikda ayblamoqda. Bir qancha mutaxassislar infeksiyaning laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi nazariyalarini ilgari surishdi. Biroq ushbu taxminni olimlar isbotlasha olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter