Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin o‘zini «qotil» deya atagan Bayden bilan uchrashdi

Putin o‘zini «qotil» deya atagan Bayden bilan uchrashdi

AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jenevada uchrashdi. Bu haqda «Reuters» xabar qildi.

«Biz ushbu uchrashuvdan katta natijalarga erishishni kutmayapmiz»,— dedi AQShning yuqori martabali amaldorlari jurnalistlarga.

«Men biron bir kelishuvga erishilishiga amin emasman»,— dedi Putinning tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Yuriy Ushakov ham.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda AQSh-Rossiya munosabatlari eng quyi pog‘onaga tushib ketgani aytiladi. 2014-yil Qrimning qo‘shib olinishidan boshlangan sovuq munosabatlar, Navalniyning zaharlanishi, kiberhujumlar fonida yanada yomonlashib bordi. Har ikki mamlakat o‘z elchilarini chaqirib oldi. Bundan tashqari, Ukraina, Suriya mojarolaridagi turli yondoshuv ham vaziyatni keskinlashtirmoqda. 

Shu yilning mart oyida jurnalistning «Putinni qotil deya hisoblaysizmi?» degan savoliga Bayden «ha» deya javob bergan, bu esa Rossiya siyosiy doiralari g‘azabini qo‘zg‘agandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring