Putin qamoq xavfi sabab BRIKS sammitiga bormaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliyadagi BRIKS sammitida qatnashmaydi. Kreml buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatning Xalqaro jinoiy sud a’zoligi bilan bog‘ladi.
Vladimir Putin 6-7-iyul kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida videokonferentsiya orqali ishtirok etadi, dedi chorshanba kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
Braziliya 2023-yilda Putinni hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning a’zosi sanaladp. O‘shandan beri Putin Mo‘g‘uliston kabi Rim statutini imzolagan davlatga borgan va ular uni hibsga olishga urinmagandi.
Ammo Ushakov Putinning qarorini Braziliyaning XJS a’zo bo‘lishi bilan bevosita bog‘ladi. "Bu XSJ talablari kontekstidagi ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Aynan shu sharoitda Braziliya hukumati bizning prezidentimizga ushbu yig‘ilishda ishtirok etishiga imkon beradigan aniq pozitsiyani egallay olmadi", - deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Interfaks.
Xalqaro hibsga olish uchun order berilmagan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boradi, dedi Ushakov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter