«Putin qotil... va u javob beradi»: matbuot kotibi Baydenning keskin so‘zlarini izohlamadi

Oq uy matbuot kotibi Jeyn Psaki AQSh prezidenti Jo Baydenning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin haqida aytgan so‘zlarida «metafora» yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishdan bosh tortgan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
Avvalroq Bayden ommaviy axborot vositalarida rossiyalik hamkasbini «qotil» deb biladimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berar ekan, «albatta u qotil» deb javob bergan edi.
«Menda hech qanday qo‘shimcha izoh yo‘q», degan Psaki brifingda Baydenning so‘zlari ham «metafora» yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’no anglatadimi degan savolga.
Eslatib o‘tamiz, Bayden Putin agar Amerika saylovlariga aralashgan bo‘lsa «javob berishi»ni ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter