Putin uch yilda ilk bor Makron bilan gaplashdi

Uch yil ichida birinchi marta: Putin Makron bilan telefon orqali gaplashdi.
Tomonlar Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatni, jumladan Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro va AQShning Eron yadroviy inshootlariga zarbalarini muhokama qildi.
Rahbarlar Eron yadroviy qurolni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga rioya qilingan holda tinch yadroviy energetikani rivojlantirish huquqiga ega ekanligini ta’kidladilar. Shu bilan birga, Eron yadro dasturi atrofidagi inqiroz va Yaqin Sharqdagi boshqa qarama-qarshiliklar faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilinishi kerak.
Ukrainadagi mojaroni Putin G‘arb davlatlarining "Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini mensimaydigan siyosatining bevosita natijasi" deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ko‘p yillardan beri Ukrainada Rossiyaga qarshi o‘rin yaratib kelmoqda va hozirda “Kiyev rejimini turli zamonaviy qurollar bilan oziqlantirish” orqali jangovar harakatlarni uzaytirmoqda, deb yozadi Kreml.
Rossiya prezidenti agar mojaro sabablari va yangi hududiy voqeliklar inobatga olinsa, muzokaralarga tayyor ekanini aytdi.
O‘z navbatida Emmanuel Makron o‘t ochishni to‘xtatishga va imkon qadar tezroq muzokaralarni boshlashga chaqirdi.
Davlat rahbarlari yaqin vaqt ichida bir-birlariga yana qo‘ng‘iroq qilishga kelishib oldilar, deya xabar bermoqda Reuters Yelisey saroyiga asoslanib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter