Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin qamoq xavfi sabab BRIKS sammitiga bormaydi

Putin qamoq xavfi sabab BRIKS sammitiga bormaydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliyadagi BRIKS sammitida qatnashmaydi. Kreml buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatning Xalqaro jinoiy sud a’zoligi bilan bog‘ladi

Vladimir Putin 6-7-iyul kunlari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida videokonferentsiya orqali ishtirok etadi, dedi chorshanba kuni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. 

 Braziliya 2023-yilda Putinni hibsga olishga order bergan Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning a’zosi sanaladp. O‘shandan beri Putin Mo‘g‘uliston kabi Rim statutini imzolagan davlatga borgan va ular uni hibsga olishga urinmagandi. 

 Ammo Ushakov Putinning qarorini Braziliyaning XJS a’zo bo‘lishi bilan bevosita bog‘ladi. "Bu XSJ talablari kontekstidagi ma’lum qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Aynan shu sharoitda Braziliya hukumati bizning prezidentimizga ushbu yig‘ilishda ishtirok etishiga imkon beradigan aniq pozitsiyani egallay olmadi", - deya rasmiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Interfaks. 

 Xalqaro hibsga olish uchun order berilmagan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boradi, dedi Ushakov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring