Putin Ukrainaga oid yangi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning barcha fuqarolari uchun rus pasportini olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Ilgari bu tartib mamlakat sharqidagi tan olinmagan respublikalar, shuningdek, Rossiya tomonidan egallab olingan Xerson va Zaporoje viloyatlarida yashovchi ukrainaliklarga nisbatan qo‘llanilgandi.
Ushbu hududlar Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tgandan so‘ng, u yerdagi Ukraina mahalliy hokimiyatlari o‘rniga Moskva nazoratidagi yangi ma’muriyatlar paydo bo‘ldi.
11-iyundan boshlab Xerson va Zaporoje viloyatlarida xohlovchilarga Rossiya pasportlari berila boshlandi. U yerda ayni damda ikki valyuta zonasi amalda: grivna va rubl.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 24-fevral kuni Rossiya qurolli kuchlari Ukraina hududida kirdi. Qaqshatqich janglar hanuz davom etmoqda.
Avvalroq, Putin Rossiya armiyasi salohiyati haqida gapirib, «Ukrainada hali jiddiy qadamlar tashlanmagani»ni iddao qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter