Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Ukrainadan tortib olingan hududlarda harbiy holat joriy qildi

Putin Ukrainadan tortib olingan hududlarda harbiy holat joriy qildi

Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasining to‘rtta yangi hududida harbiy holat joriy etish to‘g‘risidagi farmon imzolangani ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 20-oktyabrdan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporoje va Xerson viloyatlarida harbiy holat joriy etiladi.

Putin imzolagan hujjat bilan, shuningdek, Rossiya hududlari uchun bir necha darajadagi cheklovlar joriy etilgan.

Masalan, yuqoridagi hududlarda harbiy holat e’lon qilingan bo‘lsa, Qrim, Krasnodar o‘lkasi, Belgorod, Bryansk, Voronej, Kursk, Rostov viloyatlari va Sevastopol o‘rta darajadagi hushyorlik, Markaziy va Janubiy federal okruglarning boshqa barcha hududlari (jumladan, Moskva shahri) yuqori darajadagi ogohlantirish hududlari etib belgilangan.

Cheklovlar boshqa hududlarga taalluqli emas.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring