Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putindan keyingi Rossiya. RF rahbari «nozik savol»ga javob berdi

Putindan keyingi Rossiya. RF rahbari «nozik savol»ga javob berdi

Foto: Yandeks.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya energetik haftaligi» so‘nggida amerikalik jurnalist Xedli Gemblga intervyu berdi.

Suhbat davomida Putin azaliy savollardan biri — o‘zidan keyin mamlakatni kim boshqarishi mumkinligiga javob berdi. 

«Kelgusi saylovlargacha vaqt ko‘p. Hozircha bu masala muhokama qilinganicha yo‘q. Bu mavzu atrofidagi gap-so‘zlar vaziyatni chigallashtirishi mumkin»,—deya izoh bergan Putin. 

2020-yilda RF Konstititsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Putin 2036-yilga qadar prezidentlikda qolish imkoniga ega. U hokimiyat tepasiga 2000-yilda kelgan va orada 2008-2012-yillarda rahbarlikni Dmitriy Medvedevga bo‘shatib bergandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring