Putinning kasallik sababli iste’foga chiqishi bo‘yicha xabarga izoh berildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin kasalligi sababli iste’foga chiqishi haqidagi materialni bema’nilik deb atadi.
Bu haqdagi xabar avvalroq Britaniyaning «Daily Mail» nashrida chiqqan edi.
«Bu mutlaqo bema’nilik. Prezident yaxshi holatda faoliyat yuritmoqda. Sog‘lig‘i juda yaxshi», - degan Peskov.
Kreml vakili Putin iste’foga chiqmoqchi emasligini tasdiqladi.
Britaniyaning «Daily Mail» gazetasida Putin Parkinson kasalligi sababli 2021 yil yanvarida ketishni niyat qilgani haqida xabar berilgan edi. Shu kabi materiallar «The Sun» nashrida ham chop etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter